Kuchlilar saralandi
Samarqandda muaytay bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan yuzga yaqin sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Samarqandda muaytay bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan yuzga yaqin sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.O‘zbekiston kubogida Aziz Ummatov, Ilhom Sotvoldiyev, Odil Sotqinov, Sherzod Xolmatov, Asad Hamidov, Yoqub Roziqov, Karim Karimov, Jo‘rabek Nurullayev, Kamoliddin Kozimov, Muhammad Mirzayev, Jahongir Yo‘ldoshev, Ubbeniyaz Tureniyazov va Islom Ma’rupov barcha raqiblarini yengib, o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Musobaqada yuqori natija ko‘rsatgan sportchilar joriy yilda bo‘lib o‘tadigan nufuzli turnirlarda ishtirok etish uchun terma jamoa safiga kiritiladi.