Namanganda 1999-2000-yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida muaytay bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Viloyat markazidagi yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘tkazilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 200 yosh sportchi 42 kilogrammdan 91 kilogrammgacha bo‘lgan o‘n to‘qqiz vazn toifasida g‘oliblik uchun bahslashdi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda o‘z vazn toifasida barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratgan Namangan viloyatidan Guljahon Yunusaliyeva, Durdona Davlatova, Andijon viloyatidan Gulnora Yunusova, Sevara G‘ulomjonova shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.

O‘smirlar o‘rtasidagi kurashda Namangan viloyatidan Bosit Abdualimov, Rahim Boltaboyev, O‘ktam Boymatov, Farg‘onadan Ilhom Abdurahmonov, Toshkent shahridan Bahodir Jadigerov, Faxriddin Hasanov, Sherzod Eshmatov, Andijon viloyatidan Farrux O‘rinboyev, Aziz Nurmatov, Iqbol Ikromov, Samarqand viloyatidan Davlat Shamsiyev, Shahzod Vohidov, Mehroj Ergashev, Muhammad Mirzayev, Xorazm viloyatidan Aziz Madaminov birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqada 5 oltin, 2 kumush, 3 bronza medaliga sazovor bo‘lgan namanganlik muaytaychilar umumjamoa hisobida g‘olib chiqdi va kubokni qo‘lga kiritdi. Samarqand viloyati jamoasi ikkinchi va Toshkent shahri vakillari uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston havaskor va professional muaytay uyushmasi hamda viloyat hokimligining kubok, diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kubok Namanganda qoldi