O‘zA O`zbek

12.06.2020 Chop etish versiyasi

Jahon chempionatiga yoʻllanma Oʻzbekistonda hal boʻladi

Jahon chempionatiga yoʻllanma Oʻzbekistonda hal boʻladi

Osiyo futbol konfederatsiyasi qitʼa miqyosidagi musobaqalar qachon davom ettirilishini eʼlon qildi. Unga koʻra, Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan 19 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati avval belgilangan muddatda oʻtishi maʼlum boʻldi.

Mamlakatimizda mazkur chempionat 14-31-oktyabr kunlari oʻtkaziladi. Hozircha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati bahslari qaysi shaharlarda oʻtishi aniq emas va bu OFK nazoratchilarining tashrifidan soʻng maʼlum boʻladi. Hozircha Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlarida oʻtkazilish ehtimoli katta.

Eslatib oʻtamiz, ushbu chempionatning final bosqichiga Oʻzbekiston, Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya, Qatar, Yaponiya, Tojikiston, Avstraliya, Indoneziya, Malayziya, Iroq, Vetnam, Kambodja, Eron, Yaman, Bahrayn, Laos yoshlar terma jamoalari yoʻl olgan. Musobaqada yarim finalga chiqqan 4 jamoa 2021-yil Indoneziya mezbonlik qiladigan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻl oladi.

10 647
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA