O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

10.09.2018 16:23 Chop etish versiyasi

Karlush Keyrush Oʻzbekiston terma jamoasini boshqarish boʻyicha tushgan taklif haqida gapirdi

Karlush Keyrush Oʻzbekiston terma jamoasini boshqarish boʻyicha tushgan taklif haqida gapirdi
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida bir necha oy muqaddam Oʻzbekiston terma jamoasidan tushgan taklif borasida gapirib oʻtdi.

“Shaxsiy hayotimdagi voqealar, muzokaralarni muhokama qilib oʻtirishni yoqtirmayman. Ammo, aytishim mumkin boʻlgani, OʻFA milliy terma jamoa murabbiyligiga Ektor Kuperni olib kelib toʻgʻri ish qildi. Shu bois Oʻzbekiston terma jamoasiga faqat Eron bilan bahsdan tashqari qolgan barcha oʻyinlarda omad tilab qolaman”, deya gapirib oʻtgan Keyrush.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Eron terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi 11 sentyabr kuni soat 20:00da, “Milliy” stadionda boʻlib oʻtadi.

72a6bd97-bca3-400a-8a49-1dbe0faf24da.jpg

36c827ef-b075-4006-bb45-f3b71fa0af03.jpg

9a195e7a-9b7b-468a-a2c7-4dd0cc44f9e2.jpg



Muhammad Amin (surat), OʻzA