O‘zA O`zbek

12.12.2017 18:05 Chop etish versiyasi

Karatechilar Navoiyda kuch sinashdi

Karatechilar Navoiyda kuch sinashdi Navoiyda «Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmasligi kerak» shiori ostida karatening shinkiokushinkay turi bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida mamlakat VII kubogi hamda kattalar o‘rtasida mutloq vazn toifasida O‘zbekiston XI chempionati bo‘lib o‘tdi.

3.JPG

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston Respublikasi «NUR-HAS» shinkiokushinkay karate markazi tomonidan tashkil etilgan musobaqada 100 dan ziyod sportchi kuch sinashdi.

4.JPG

7.JPG

Kattalar o‘rtasidagi bahslarda Baxtiyor Tursunov g‘olib bo‘ldi. Yoshlar va o‘smirlar bahsida Akbar Abdurashidov, Sevinchbek Qarshiyev, Lochin Xayrullayev, Og‘abek Xoliqov, Rayhona Normurodova, Qaldirg‘och To‘laganova, Nigora Abdurahmonova, Umida Daryaboyeva o‘z vazn toifasida shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Siroj Aslonov (surat), O‘zA
7 695