Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.01.2018 13:38 Chop etish versiyasi

Kanada terma jamoasi jahonda tengsiz

Kanada terma jamoasi jahonda tengsiz AQSHda yigirma yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida xokkey bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida Kanada yoshlar terma jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Final uchrashuvida kanadalik xokkeychilar Shvetsiyani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bronza medali uchun o‘tgan o‘yinda AQSH terma jamoasi Chexiyani 9:3 hisobida yengdi.

4627113.jpg

Rossiyada 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida jahon chempionatining birinchi turi bahslari o‘tkazildi.

Unda Rossiya terma jamoasi Kanadani 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, AQSH va Shvetsiya o‘rtasidagi bahs 2:1 hisobida yakunlandi.

Musobaqaning “В” guruhida o‘ynayotgan Chexiya va Shveysariya termalari o‘rtasidagi o‘yinda 4:3 hisobi qayd etildi. Finlyandiya esa Germaniyani 4:1 hisobida mag‘lub qildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
8 361