Sirdaryoda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqasining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Prezidentimiz rahnamoligida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, turli sport musobaqalari tashkil etish orqali ularning salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Musobaqada hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 100 ga yaqin o‘quvchi bahslashdi.

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi 32-umumta’lim maktabining “Kamalak” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘ringa Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 4-umumta’lim maktabining “Umid” jamoasi, uchinchi o‘ringa Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi 6-umumta’lim maktabining “Taraqqiyot” jamoasi sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kamalak” jamoasi – g‘olib