O‘zA O`zbek

05.03.2018 12:21:39 Chop etish versiyasi

Jo‘rabek Karimov bugun kortga chiqadi

Bugun umidli tennischimiz Jo‘rabek Karimov Rossiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda o‘z ishtirokini boshlaydi.

Jo‘rabek “Fyuchers” musobaqasining yakkalik bahslari asosiy to‘rida rossiyalik Aleksey Zaxarov bilan raqobatlashsa, juftlik bahslarida rossiyalik sherigi Vladimir Polyakov bilan mezbon tennischilar Timofey Skatov va Aleksey Zaxarovga qarshi kortga chiqadi.

Jo‘rabek va Aleksey Zaxarov uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 15:00 dan so‘ng boshlanadi.