O‘zA O`zbek

08.03.2020 Chop etish versiyasi

Jizzaxda OAVlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bellashdi

Jizzaxda OAVlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bellashdi

Jizzax viloyatida xotin-qizlar sportiga qaratilayotgan eʼtibor oʻz samarasini bermoqda. Xususan, ayollar oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan sport musobaqalar yil sayin ommalashib bormoqda.

Jizzax viloyat tennis kortida oʻtkazilgan ana shunday musobaqalardan biri 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlanib “Sport-salomatlik va goʻzallik“ shiori ostida ommaviy axborot vositalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar oʻrtasida voleybol, shaxmat, shashka va sportning darts turi boʻyicha oʻzaro bellashdi.

Jamoalar oʻrtasidagi bellashuvda voleybol boʻyicha gʻoliblik Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi jamoasiga nasib etdi. Shaxmat bellashuvida esa teleradiokompaniya xodimi Dilfuza Murodova va Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi faollaridan Saida Umaraliyeva barchadan ustun ekanligini namoyon qildi. “Jizzax haqiqati”-“Djizakskaya pravda“ gazetalari xodimlari – Dilorom Egamqulova darts, Gulnoza Ibrohimova va Iroda Mamatqulova esa shashka boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa gʻolibi va sovrindorlari diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

3.JPG

4.JPG

6.JPG

7.JPG

7 283
Jamshid YORBEKOV olgan suratlar, OʻzA