O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Jizzaxda kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro ochiq turniri o‘tkazildi

Jizzaxda kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro ochiq turniri o‘tkazildi

Jizzax viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Milliy Belbog‘li kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat va Zarbdor tuman hokimligi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi” hamda “6-sentabr Kurash kuni“ munosabati bilan kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro ochiq turnir bo‘lib o‘tdi.
Turnirni ochib berish uchun viloyat hokimi E.Soliev hamda viloyat Kurash Federatsiyasi raisi, viloyat prokurori I.Ergashxo‘jaev so‘zga chiqib, barcha polvonlarga omad tiladi.

Musobaqaga bir qator faxriy mehmonlar va sport ustalari tashrif buyurib, sportchilar va tomoshabinlarga kurash va belbog‘li kurash bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tab berishdi.

Kurashdan 2 ta vazn, belbog‘li kurashdan 5 ta vazn toifalarida Respublikamizning barcha viloyatlari hamda qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan ham jami 134 nafar polvon, 10 dan ziyod faxriy polvonlar gilamda kuch sinashdi.

Kurash musobaqasi natijalari bo‘yicha 60 kg vazn toifasida jizzaxlik Arabboy Mamasiddiqov, 66 kg vazn toifasida Ruslan Bo‘rievlar birinchi o‘rin sohibi bo‘lishdi.

photo5456586195736833440.jpg

Belbog‘li kurash bo‘yicha esa 55 kg vazn toifasida jizzaxlik Doniyor O‘ralov, 60 kg vazn toifasida andijonlik Oybek Sultonov, 81 kg vazn toifasida Husniddin Ro‘ziev, 90 kg vazn toifasida namanganlik Rustam O‘ngarov, 90 kg vazndan yuqori toifada toshkentlik Xislat Pirmatov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘oliblari diplom, medal va pul yutuqlari bilan taqdirlandi.

1 561
O‘zA