O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.Qurbonov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi A.Sultonov va boshqalar mamlakatimizda istiqlol yillarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarning salomatligini mustahkamlash, iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilayotgan doimiy e’tibor o‘zining yuksak samaralarini berayotganini ta’kidladi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining tashkil etilishi, ta’lim tizimida uch bosqichli uzluksiz sport musobaqalari – "Umid nihollari", "Barkamol avlod" va Universiada musobaqalarining joriy qilinishi yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, shahar va qishloqlarda zamonaviy sport majmualari, bolalar va o‘smirlar sport maktablarini barpo etish, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash, yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun zarur barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Buning natijasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi keng qaror topib, sportning ommaviyligi ta’minlanmoqda. O‘zbekiston sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sport salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda.

Erishilgan yutuqlar va natijalar bilan birga, sohada mavjud muammo va kamchiliklar ham muhokama qilindi. Davlatimiz rahbarining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining dolzarbligi, o‘ziga xos jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari va sport klublari faoliyatini olimpiya, milliy va boshqa sport turlari kesimida reyting baholash tizimini joriy etish belgilangani ularning faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish uchun o‘ziga xos asos bo‘lib xizmat qiladi.

Dastur doirasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2017-2021-yillarda jami 995,2 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanishi nazarda tutilgan. Shundan 706,2 milliard so‘mdan ortiq qismi 167 sport inshooti, jumladan, 90 sport majmuasi va 77 suzish havzasini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, jihozlash va qayta jihozlashga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilgan.

Qisqacha aytganda, mazkur qaror mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol voyaga yetkazish, xalqaro sport maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir sportchilarni tarbiyalash, ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘taradi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.Yunusxo‘jayev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish yo‘lida