O‘zA O`zbek

15.02.2019 Chop etish versiyasi

“Jismoniy tarbiya va sport” ixtisoslashtirilgan nashriyot markazi tashkil etiladi

“Jismoniy tarbiya va sport” ixtisoslashtirilgan nashriyot markazi tashkil etiladi

SPORTSUZ axborot portali hamda iSPORT cport ilovasi yaratiladi.

Hukumat qarori bilan 2019-2023 yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi. 

Konsepsiya doirasida maktabgacha taʼlim muassasalaridan boshlab jismoniy tarbiyaning innovatsion usullari takomillashtiriladi.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga talabalarni tanlashda ularning trenerlik kasbida ishlash ishtiyoqiga eʼtibor beriladi.

Jismoniy tarbiya sohasidagi kadlar Sport Management (sportni boshqarish), Sport Leadership (sportga rahbarlik qilish), Sport Administration (sport maʼmuriyatchiligi) yoʻnalishlari boʻyicha tajriba orttiradi.

SPORTSUZ axborot portali hamda iSPORT cport ilovasi yaratiladi.

Sportchilar faoliyatini roʻyxatga olish va hisobga olish boʻyicha – “Skm-sportsmen”, trenerlarni maʼlumot bazasini taʼminlash boʻyicha – “Skm-trener” va respublikaning jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirishni taʼminlash boʻyicha – “Skm-sportinshoot” axborot tizimlari tashkil etiladi.

“Sport bayrami” milliy festivali oʻtkaziladi.

Shuningdek, qaror bilan Konsepsiyani amalga oshirish chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dastur doirasida, “Jismoniy tarbiya va sport” ixtisoslashtirilgan nashriyot markazi tashkil etiladi.

Fuqarolar oʻz turar joylariga yaqinda joylashgan obyektlarning (taʼlim, tibbiyot, sport va dam olish muassasalari) jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish inshootlaridan foydalanishini taʼminlash yoʻli bilan ularning jismoniy faolligi oshiriladi.

1 901
OʻzA