O‘zA O`zbek

14.07.2019 21:43 Chop etish versiyasi

Javohir Sindorov mamlakat chempioniga aylandi

Javohir Sindorov mamlakat chempioniga aylandi
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida shaxmat boʻyicha erkaklar oʻrtasida Oʻzbekiston oliy liga chempionati oʻtkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi va bir qator tashkilotlar tomonidan oʻtkazilgan chempionatda yurtimizning eng kuchli 13 shaxmatchisi gʻoliblik uchun oʻzaro dona surdi.

12 tur davom etgan chempionatda Marat Jumayev, Nodirbek Yaqubboyev, Nodirbek Abdusattarov, Shamsiddin Vohidov, Abdumalik Abdusalimov, Saidakbar Saidaliyev va Javohir Sindorov kabi shaxmatchilarimiz qolgan raqiblaridan oʻz tajribalari va oʻzgacha oʻyin uslublari bilan ajralib turdi.

Keskin va murosasiz oʻtgan bahslarda 9 ochko toʻplagan Javohir Sindorov shohsupaning birinchi pogʻonasidan joy egalladi. Ikkinchi hamda uchinchi oʻrin bir xil 8 ochko toʻplagan N.Yoqubboyev va N.Abdusattorovga nasib etdi.

Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA
3 212