Tailandning Pattayya shahrida shaxmat bo‘yicha maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan Javohir Sindorov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida navqiron avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, yuksak intellektual salohiyatli etib voyaga yetkazish, sportning barcha turlari qatori shaxmatni izchil rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida o‘zbek shaxmat maktabi vakillari xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda.

Bugun o‘zbek shaxmatchilari barcha nufuzli musobaqalar – qit’a va jahon chempionatlari, jahon shaxmat olimpiadasida muntazam yuqori o‘rinlarni egallab, mamlakatimizda voyaga yetayotgan avlod dunyoda hech kimdan kam emasligi va kam bo‘lmasligini amalda isbotlab kelmoqda. Bu Tailanddagi jahon chempionatida ham o‘z ifodasini topdi.

Nufuzli musobaqaning blits – tezkor shaxmat bo‘yicha o‘n bir yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida qatnashgan Javohir Sindorov yetti partiyada tailandlik Amorn Jiarattanacharoyen, gonkonglik Pang Xo Xuang, filippinlik Jastin Mordido, mo‘g‘ulistonlik Tengis Sog-Ochir, xitoylik Bokay Yang, malayziyalik Xoye Kax Cheaxni mag‘lubiyatga uchratib, ozarbayjonlik Mirmuso Fayziyev bilan durang o‘ynadi va 6,5 ochko bilan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Ushbu yo‘nalishdagi yetti yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar bahsida qatnashgan yosh shaxmatchimiz Akobirxon Saydaliyev yetti imkoniyatdan besh ochko jamg‘arib, jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Javohir – jahon chempioni