O‘zA O`zbek

16.06.2020 Chop etish versiyasi

Jasur Belarus chempionatining eng yaxshi futbolchisi unvoniga daʼvogar

Jasur Belarus chempionatining eng yaxshi futbolchisi unvoniga daʼvogar
Belarus Respublikasining yetakchi nashri “Pressbol” mamlakat chempionati 13-tur yakuniga koʻra, eng foydali futbolchilar reytingini eʼlon qildi.

Garchi oʻzbekistonlik futbolchilar Jasur Yaxshiboyev va Shahboz Umarov toʻp surayotgan “Energetik-BGU” kutilmaganda oʻz maydonida magʻlubiyatga uchragan boʻlsa-da, Jasurning oʻyini mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Jasur Yaxshiboyev chempionat boshlanganidan buyon eng yaxshi futbolchi nomini oʻzida saqlab kelmoqda.

10 956
OʻzA