Jajji malikalar bahsi
Bekobod shahrida 5-12 yoshdagi qizlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Bekobod shahrida 5-12 yoshdagi qizlar o‘rtasida badiiy gimnastika bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.Mamlakatimizda aholi, xususan, qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan badiiy gimnastikani yanada ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada yuzdan ortiq yosh sportchi g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.
Qiziqarli bahslarga boy o‘tgan musobaqada X.Nizomova, Z.Eshmurodova, A.Sattorova, M.Maqsudxo‘jayeva, A.An, Sh.Hikmatova, M.Sultonmuhamedova, N.Ma’murova, O.Norboyeva, Z.Bobonazarova o‘z yosh toifalarida sovrinli o‘rinlarni egalladi.