Joriy yilning 25-30-avgust kunlari Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida hamyurtimiz To‘rabek Tirkashev oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 25-30-avgust kunlari Bosniya va Gersegovinaning Sarayevo shahrida erkin, yunon-rum va xotin-qizlar kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida hamyurtimiz To‘rabek Tirkashev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Uning bu yutug‘i eng ulug‘, eng aziz bayram – Vatanimiz mustaqilligining 24-yilligiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Nukus temiryo‘l vokzalida jahon chempioni To‘rabek Tirkashevni kutib olish marosimi bo‘ldi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni, xususan, bolalar sportini izchil rivojlantirish, navqiron avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib voyaga yetkazishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Jahon chempionatining yunon-rum kurashi bo‘yicha vazni 46 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida To‘rabek Tirkashev barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasligi va hech qachon kam bo‘lmasligini yana bir bor isbotladi. 

– Musobaqa davomida turli davlatlardan kelgan tengdoshlarim bilan gilamga tushdim, – deydi jahon chempioni. – Har bir bellashuvga chiqishdan oldin Prezidentimizning “Bolalarim, marrani baland oling. G‘alaba bizniki, kelajak bizniki!” degan da’vatlarini xayolan takrorlardim. Bu menga kuch berdi, g‘ayratimni oshirdi. G‘alabam sharafiga Vatanimiz bayrog‘i baland ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganida Prezidentimizning biz, yoshlarga bildirgan yuksak ishonchini, oz bo‘lsa-da, oqlaganimdan ko‘nglim faxr-iftixorga to‘ldi. Maqsadim, bundan keyin ham jahon arenalarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilish, Olimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozonishdir. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempioni sharaflandi