O‘zA O`zbek

29.08.2018 11:39 Chop etish versiyasi

Jahon chempionatidan xushxabar!

Jahon chempionatidan xushxabar!

Vengriyaning Budapesht shahrida yoshlar oʻrtasida boks boʻyicha jahon chempionati davom etmoqda.

Vazni 56 kilogramm boʻlgan charm qoʻlqop ustalari oʻrtasidagi bellashuvlarda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Xalokov yarim finalda filippinlik Kristian Laurentni 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Endi Abdumalik oltin medal uchun oʻtadigan final jangida rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi ringga koʻtariladigan boʻldi.

Musobaqada Navo Tamazov va Javohir Togʻaymurodov yarim final janglarida magʻlubiyatga uchrab, oʻz vazn toifalarida jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.

J.Toshxoʻjayev, OʻzA
1 427