Futbol bo’yicha jahon chempionati kubogi mamlakatimiz tarixidi birinchi marotaba Toshkentga olib kelindi.

Mazkur kubokning dunyo uzra aylanishi ilk marotaba 2006 yili Germaniyada o’tkazilgan jahon chempionatida boshlangan edi. Bu galgi chempionat kubogi 221 kun davomida 90ta shahar bo’ylab olib o’tilmoqdi. Kubok mazkur tur doirasida jami 149.576.78 kilometr masofani bosib o’tadi.

Kubok haqida qisqacha to’xtalib o’tadigan bo’lsak. Uning og’irligi 6,175 kilogrammni tashkil qiladi. Unda jahon chempionatida g’alaba qozongan barcha mamlakatlarni nomi va yili o’yib yozilgan bo’lib, ushbu davlatlar uzra olib o’tiladi.

Bugun, 6 fevral kuni jahon chempionatining kubogini Toshkentga 1998 yilgi jahon chempioni Kristian Karambyo olib keldi. “Coca-Cola Trophy Tour” doirasida futbol bo’yicha jahon chempionatining asosiy sovrinini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi raisi, mamlakatimiz futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o’rinbosari Umid Ahmadjonov kutib oldi.

Ushbu kubok Toshkentga yetib kelishidan avval, Sharqiy va Markaziy Osiyoning to’qqizta mamlakati, jumladan, 29 yanvar — Makao (Makao), 31 yanvar — Nukualofa (Tonga), 1 fevral — Xoniara (Salomon orollari), 1 fevral — Port-Mórsbi (Papua Yangi Gvineya), 3 fevral – Lahor (Pokiston), 4 fevral – Olmaota (Qozog’iston), 5 fevral – Bishkek (Qirg’iziston), Dushanbe (Tojikiston)ni aylanib chiqdi.

Jahon chempionati kubogi kutib olingandan so’ng, poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo’mitasi raisi R.Qurbonov, O’zbekiston milliy olimpiya qo’mitasi raisi U.Ahmadjonov, A.Akkirman, K.Karambyo, Ye.Stoichkova (Coca Cola) ishtirok etdi.

Matbuot anjumani doirasida kubokni namoyish etish marosimi o’tkazildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahon chempionati kubogi Toshkentda!