Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.08.2017 12:56 Chop etish versiyasi

Iste’dodli tennischimiz xalqaro turnir g‘olibi

Poytaxtimizda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy “NBU CUP” xalqaro turnirida iste’dodli tennischimiz Sergey Fomin bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Xalqaro tennis federatsiyasi va mamlakatimiz tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan bu yilgi musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Hindiston, Armaniston, Avstriya, Buyuk Britaniya, Italiya, Tunis, Isroil, Chexiya, Misr, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ukrainadan yuzdan ortiq yosh raketka ustalari bosh sovrin uchun o‘zaro kuch sinashdi.

S.Fomin misrlik Fariz Zakariya, chexiyalik Dominik Pala, qozog‘istonlik Dostonbek Tashbulatov va hindistonlik Sachit Sharmani mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Sergey hal qiluvchi bahsda italiyalik Mishel Vianelloga qarshi kortga chiqdi. Ikki set davom etgan uchrashuvda tennischimiz raqibini 6:2, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovringa ega bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jeav, O‘zA
912






Все о погоде - Pogoda.uz