Qarshida “Kamolot” shaxmat taxtasi” respublika turnirining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Turnir “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat, Xalq ta’limi vazirliklari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

– Ushbu an’anaviy turnirning joriy yilgi mamlakat bosqichida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 8 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan 140 shaxmatchi ishtirok etdi, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi bo‘lim mudiri Umid Rajabov. – 2007-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa yosh havaskor shaxmatchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning professional sportga dadil kirib borishiga ko‘maklashmoqda.

Qizlar o‘rtasida Namangan viloyatidan Mavluda Mahmudova, Buxoro viloyatidan Gulxumor Najmiddinova, Surxondaryo viloyatidan Gulchehra Abduxoliqova, Navoiy viloyatidan Barchinoy Oblayeva, Farg‘ona viloyatidan Navro‘zaxon Abdullayeva, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Qashqadaryo viloyati vakillari Salohiddin Jumanazarov va Anvar Hakimov, namanganlik Farhodjon Ergashev, xorazmlik Jonibek Baxtiyorov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili Abbazlar Auzimbetov o‘z yosh toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida 1 oltin va 5 kumush medal bilan Navoiy viloyati jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘ringa Namangan, uchinchi o‘ringa Surxondaryo viloyati jamoalari sazovor bo‘ldi.

– Yetti yoshimdan buyon shaxmat bilan shug‘ullanaman, – deydi turnir g‘olibi qashqadaryolik Anvar Hakimov. – Bugungidek musobaqalar kelajakda yanada yuqori natijalarni qo‘lga kiritishimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqsadim, nufuzli xalqaro turnirlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilish.

Turnirda “Eng yosh ishtirokchi qiz”, “Eng yosh ishtirokchi bola”, “Eng yaxshi partiya”, “Eng chiroyli kombinatsiya”, “G‘alabaga bo‘lgan ishonchi uchun”, “Eng ahil jamoa”, “Master-klass” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Turnir doirasida tashkil etilgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda Qarshi shahrining diqqatga sazovor joylariga qilingan sayohat yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’dodli shaxmatchilar saralandi