Poytaxtimizda sportning gimnastrada turi bo‘yicha turnir o‘tkazildi.

Shayxontohur tumani hokimligi va tuman xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan musobaqada maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy o‘quv yurtlari jamoalari g‘oliblik uchun bahslashdi.

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu jarayonda sportning gimnastika turini rivojlantirishga qaratilayotgan ulkan e’tibor o‘z samarasini bermoqda. Bugun yurtimizning turli hududlarida qad rostlagan sport inshootlarida minglab yoshlarimiz badiiy va sport gimnastikasi, trampolin, aerobika, akrobatika, gimnastrada bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

Zamonaviy raqs va turli murakkab jismoniy mashqlarni o‘zida mujassam etgan gimnastrada mamlakatimizda tobora ommalashmoqda. Musobaqada jamoalar tayyorlagan kompozitsiyalar ijro mahorati, raqs va gimnastika elementlarini bajarish qobiliyati bo‘yicha baholandi. Unda 259-maktabgacha ta’lim muassasasining "Shodlik" jamoasi, 19-umumta’lim maktabining "Sog‘lom avlod" jamoasi, Shayxontohur sanoat kasb-hunar kollejining "Kamalak ovozi" jamoasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining "Iqtidorli" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iqtidor va shijoat bahsi