O‘zA O`zbek

30.08.2018 10:00 Chop etish versiyasi

Indoneziyadan xushxabar: Vadim Menkov Osiyo oʻyinlarining toʻrt karra chempioniga aylandi

Indoneziyadan xushxabar: Vadim Menkov Osiyo oʻyinlarining toʻrt karra chempioniga aylandi

Osiyo oʻyinlarining oʻn ikkinchi kun bahslari ham xushxabar bilan boshlandi.

Bugun Osiyo oʻyinlarining navbatdagi bahslari oʻtkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston vakili eshkak eshish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Bu Vadim uchun Osiyo oʻyinlaridagi toʻrtinchi oltin. Bungacha u Doxa, Guanchjou va Incheonda oʻtkazilgan Osiyo oʻyinlarida chempion boʻlgan.

U bunday natijaga erishgan birinchi oʻzbek sportchisi boʻldi.

Yana eshkak eshuvchilar ham juftlikda bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

1000 metrga kanoeda eshkak eshgan Nurislom Toʻxtasin oʻgʻli va Serik Mirbekov juftligi marraga uchinchi boʻlib yetib bordi va bronza medalini qoʻlga kiritdi.

1a7393b1-4ae2-4e44-96be-6a2dd4f8b4b4.jpg

Taʼkidlab oʻtish joizki, eshkak eshish boʻyicha bugungi 5 ta finalda Oʻzbekiston vakillari 4 ta medalni qoʻlga kiritishdi.

Shuningdek, kanoeda eshkak eshish boʻyicha ayollar oʻrtasida 500 metr masofaga oʻtkazilgan bahslarda Dilnoza Rahmatova/Nilufar Zokirova tandemi marraga ikkinchi boʻlib yetib bordi va kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Endilikda Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 49taga yetdi - 13 oltin, 18 kumush va 18 bronza.

Ayni vaqtda Oʻzbekiston jamoasi 6-oʻringa koʻtarilgan.


O'zA
1 485