Ilk tur durangsiz o‘tdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati oliy ligasining birinchi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati oliy ligasining birinchi tur bahslari bo‘lib o‘tdi.Birinchi turning dastlabki kunida mamlakatimizning amaldagi chempioni "Lokomotiv" safarda "Mash’al"ni (1:0), "Dinamo" "Metallurg"ni (2:0) "Paxtakor" esa o‘z maydonida "Qizilqum"ni (3:1) mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar bergan edik.
Ikkinchi kungi bahslar ham keskin va murosasiz o‘tdi. Buni uchrashuvlarda qayd etilgan natijalardan ham ko‘rish mumkin. "Bunyodkor" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 79-daqiqada Doston Hamdamov tomonidan kiritilgan gol poytaxt jamoasiga uch ochko keltirdi.
"Buxoro" va "Olmaliq" jamoalari o‘rtasidagi bahs ham mezbonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning 22-daqiqasida Ivan Nagayev "Olmaliq" darvozasiga to‘p kiritib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
"Nasaf" safarda "Qo‘qon – 1912" jamoasini 2:1 hisobida yengdi. Xuddi shu hisob Namanganda o‘tgan "Navbahor" va "Obod" jamoalari o‘rtasidagi bahsda ham qayd etildi. "Sho‘rtan" va "Neftchi" o‘rtasidagi o‘yin g‘uzorliklar foydasiga hal bo‘ldi – 1:0.