Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati oliy ligasining ikkinchi turidan joy olgan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Ikkinchi turning dastlabki kunida mamlakatimizning amaldagi chempioni "Lokomotiv" o‘z maydonida "So‘g‘diyona" jamoasi darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritib, ishonchli g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning 70-daqiqasida Marat Bikmayev penaltidan gol kiritib hisobni ochgan bo‘lsa, 82-daqiqada Temur Kapadze, oradan ikki daqiqa o‘tib esa Jaloliddin Masharipov raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Joriy yil oliy ligaga qaytgan "Dinamo" mavsumni ketma-ket g‘alaba bilan davom ettirmoqda. Birinchi turda samarqandliklar "Metallurg"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgani xaqida xabar bergan edik. Ikkinchi turda "Dinamo" o‘z maydonida "Sho‘rtan" klubini 3:0 hisobida yengdi. Sardor Sulaymonov, Akmal Bozorov va Abdumalik Abdullayev raqib darvozasiga bittadan to‘p kiritib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

"Nasaf" va "Buxoro" jamoalari o‘rtasidagi bahs qarshilik futbolchilar foydasiga hal bo‘ldi – 2:1.

Toshkentning "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublari safarda durang natija qayd etdi. "Neftchi" – "Paxtakor" va "Olmaliq" – "Bunyodkor" uchrashuvlarida darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi.

Ikkinchi turning qolgan uchrashuvlarida “Obod” – “Qo‘qon–1912”, “Mash’al” – “Metallurg”, “Qizilqum” – “Navbahor” jamoalari o‘zaro bahslashadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ikkinchi tur qizg‘in davom etmoqda