O‘zA O`zbek

17.09.2018 Chop etish versiyasi

III oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlariga litsenziyalarimiz yana bittaga ortdi. Argentinaga 37 nafar sportchimiz yoʻl oladi

III oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlariga litsenziyalarimiz yana bittaga ortdi. Argentinaga 37 nafar sportchimiz yoʻl oladi

Xabar berib oʻtganimizdek, 6-18-oktabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayresda III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Bundan avvalroq MOQ rasmiy saytida Argentinaga 36 nafar yosh sportimiz yoʻl olishi haqida maʼlumot berilgandi.

Bugun esa siz azizlar bilan navbatdagi xushxabarni baham koʻrish niyatidamiz. Gap shundaki, bugun Milliy olimpiya qoʻmitasiga Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi (AIBA)dan maktub keldi. Unga koʻra, boks boʻyicha qizlar oʻrtasida -51 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Xursanoy Xolmatova ham Buenos-Ayresdagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan. Bu haqida MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, III yozgi Olimpiya oʻyinlari Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun ishtirokchilar soni boʻyicha avvalgi barcha rekordlarni yangilab berdi. 2010-yili Singapur mezbonlik qilgan I oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston 21 nafar sportchi bilan ishtirok etgan boʻlsa, 2014-yilda Nankinda tashkil etilgan Olimpiadada mamlakatimiz delegatsiyasi 28 ta sportchidan tashkil topgandi. Buenos-Ayresga esa 37 nafar sportchi bilan yoʻl olmoqdamiz. Demak, natijalar yildan yilga yaxshilanib bormoqda.

Biz Argentinada medallar soni va sifati boʻyicha ham natijalarni yaxshilash niyatidamiz. Buenos-Ayres arenalarida oʻzini har tomonlama koʻrsatadigan sportchilarimiz nasib qilsa yana 2 yildan soʻng Tokio - 2020 Olimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qilish imkoniga ega boʻlishadi.

2 415
O'zA