O‘zA O`zbek

21.10.2019 Chop etish versiyasi

Harbiy sportchilarimiz medallari oltitaga yetdi

Harbiy sportchilarimiz medallari oltitaga yetdi

Xitoyning Uxan shahrida VII xalqaro harbiy o‘yinlar bo‘lib o‘tmoqda.

Dunyoning 136 mamlakati jamoasi ishtirok etayotgan musobaqada hozirgi kunga qadar O‘zbekiston sport delegatsiyasi 6 ta medalni qo‘lga kiritdi.

VII xalqaro harbiy o‘yinlarining dzyudo musobaqasida dunyoning 57 davlatidan jami 350 nafar harbiy sportchi o‘zaro kuch sinashmoqda.

Jumladan, dzyudo bahslarining vazni 66 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi final uchrashuvida ikki hamyurtimiz Muhriddin Tilovov va Artyom Shturbabin o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bahsda A.Shturbabinning qo‘li baland keldi va oltin medal bilan taqdirlandi. Muhriddin esa musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

73 kilogrammgacha vaznda ishtirok etgan dzyudochimiz Hikmatulloh To‘raev oltin medal oldi.

Shuningdek, vazni 100 kilogrammdan ortiq bo‘lgan vakilimiz Bekmurod Oltiboev kumush, Diyora Keldiyorova hamda Gulnoza Matniyazova esa o‘z vazn toifalarida bronza medali sovrindori bo‘ldi.

Shu tariqa, musobaqada ikkitadan oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi umumjamoa hisobida 5-o‘rinda bormoqda.

1 203
J.TOShXO‘JAEV, O‘zA