O‘zA O`zbek

05.03.2020 Chop etish versiyasi

Har bir taʼlim muassasasi kamida bittadan sport turiga ixtisoslashtiriladi

Har bir taʼlim muassasasi kamida bittadan sport turiga ixtisoslashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari boʻyicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Unda belgilanganidek, endi hududlarning oʻziga xos xususiyatlari, aholining qiziqish va xohish-istaklaridan kelib chiqib, umumtaʼlim maktablari, oliy taʼlim muaccacalari kamida bittadan ustuvor, istiqbolli, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

Buning uchun har bir manzilda sport infratuzilmasini rivojlantirilib, kelgusida iqtidorli sportchilarni terma jamoalar tarkibiga caralash (seleksiya) tizimini takomillashtirish choralari koʻriladi.

Xoʻsh, bu jarayon qanday amalga oshiriladi?

Qarorda bu haqda ham tegishli vazifalar belgilangan. Jumladan, taʼlim muassasalarini milliy sport turlariga ixtisoslashtirish uchun shunday ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)larning taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Maktab ligasi” hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Talaba ligasi” musobaqalari oʻtkaziladi.

Shuningdek, hujjatda umumtaʼlim maktablarida ularning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, oʻquvchilar qiziqishiga koʻra, futbol boʻyicha tarmoq toʻgaraklari tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

7 104
OʻzA