Hamyurtimiz xalqaro turnir g‘olibi
Qozog‘istonda o‘tgan ITF tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirning juftlik bahslari hamyurtimiz Albina Xabibulina va qozog‘istonlik Yekaterina Klyuyeva g‘alabasi bilan yakunlandi.
Qozog‘istonda o‘tgan ITF tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirning juftlik bahslari hamyurtimiz Albina Xabibulina va qozog‘istonlik Yekaterina Klyuyeva g‘alabasi bilan yakunlandi.
Turnirning final uchrashuvida rossiyalik Darya Lodikova hamda belaruslik Polina Pexova juftligiga qarshi kortga chiqqan Albina Xabibulina va Yekaterina Klyuyeva raqiblarini har ikkala setda 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi