O‘zA O`zbek

21.10.2019 Chop etish versiyasi

Hamyurtimiz oltin medal sohibi

Hamyurtimiz oltin medal sohibi

Janubiy Koreyaning Chinchxon shahrida velotrek bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

Musobaqaning ayollar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi yo‘nalishida ishtirok etgan hamyurtimiz Olga Zabelinskaya eng yuqori natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda kumush medal mezbon jamoa vakili A.Naga nasib etgan bo‘lsa, gonkonglik B.Leung bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, o‘smirlar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasida qatnashgan sportchimiz Behzodbek Rahimboev shohsupaning uchinchi pog‘onasidan o‘rin egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining kattalar o‘rtasidagi bahslarida Dilmurodjon Siddiqov, Murodjon Xolmurodov, Renata Baymetova hamda Olga Zabelinskaya, o‘smirlar o‘rtasida esa Behzodbek Rahimboev, Dmitriy Bocharov, Yanina Kuskova mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.

1 427
J.TOShXO‘JAEV, O‘zA