Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi musobaqasi yakunlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Gimnastika federatsiyasi, Xalqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Armaniston, Avstraliya, AQSh, Belarus, Bolgariya, Gruziya, Indoneziya, Ispaniya, Isroil, Latviya, Norvegiya, Rossiya, Sloveniya, Tailand, Finlyandiya, Shveytsariya, Estoniya, Yaponiya va Qozog‘istondan yuzga yaqin gimnastikachi g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqada ishtirokchilar yakkalik va guruhlar o‘rtasida ko‘pkurash va alohida gimnastika predmetlari yordamida mashq bajarish bo‘yicha bahslashdi.

– Jahon kubogi bosqichini yuqori darajada, xalqaro talablarga mos ravishda tashkil etgani uchun tashkilotchilarga alohida minnatdorlik izhor etmoqchiman, – deydi isroillik gimnastikachi Linoy Ashram. – Mamlakatingizda sportga katta e’tibor qaratilayotgani, O‘zbekiston yoshlari bu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgani diqqatga sazovor. Sportchi qizlaringiz kelgusida yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonamiz.

Badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Anastasiya Serdyukova tasmada mashq bajarishda bronza medal bilan taqdirlandi.

– Bunday nufuzli musobaqada ishtirok etishning o‘zi bir yutuq, – deydi A.Serdyukova. – Unda sovrindor bo‘lish esa katta baxt. Bu muvaffaqiyatim mamlakatimizda gimnastika bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va murabbiylarimning xizmati samarasidir. Kelgusi musobaqalarda bundan-da yuqori natijalarni qo‘lga kiritishga harakat qilaman.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gimnastikachimiz jahon kubogi sovrindori