– Mamlakatimizda yirik xalqaro musobaqalarda ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritadigan yetuk sportchilarni tarbiyalash bilan birga ommaviy sportni rivojlantirish uchun ham barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Buning samarasida bugun sport xalqimiz hayotining ajralmas qismiga aylandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 7-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida sportchilarning mahorati va malakasini muntazam oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, gimnastikaning barcha turlarini aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlar va qizlar o‘rtasida faol targ‘ib qilish va ommalashtirish borasida bir qator vazifalar belgilab berilgan.

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi bosh kotibi Gyozal Filippova O‘zA muxbiriga qarorda belgilangan vazifalar ijrosi xususida quyidagilarni so‘zlab berdi:

Bugun nafaqat shaharlarda, balki olis va chekka qishloqlarda ham zamonaviy sport inshootlari barpo etilgan. Xalqaro talablar darajasidagi ko‘plab markazlar va seksiyalar, sport komplekslari hamda zallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida O‘zbekistonda bolalar va yoshlarni sportga keng jalb qilish bo‘yicha dunyoda o‘xshashi yo‘q uch bosqichli tizim shakllantirildi. Maktab, kollej va litsey o‘quvchilarining "Umid nihollari", "Barkamol avlod", talabalarning Universiada sport o‘yinlari nafaqat yetuk sportchilarni tayyorlash va tarbiyalash maktabiga, ayni vaqtda jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omiliga aylandi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sport turlari qatori gimnastika ham tom ma’noda yuksaldi. 2005-yilda tashkil qilingan O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi mamlakatimizda ushbu sportning barcha asosiy turlari – erkaklar va ayollar sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, akrobatikani ommalashtirishga doir izchil ishlarni amalga oshirmoqda.

Mamlakatimizning barcha viloyatlarida gimnastika bilan shug‘ullanish uchun xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan markazlar tashkil etildi, ularda har kuni minglab o‘g‘il-qiz ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Ularning eng istiqbolli va iqtidorlilari gimnastika bo‘yicha o‘smirlar va milliy terma jamoalar safiga qo‘shilmoqda. Nafaqat sport komplekslari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, balki umumta’lim maktablarining sport zallarini zamonaviy gimnastika inventarlari bilan jihozlash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi.

2007-yilda Gimnastika bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi va 2011-yilda Badiiy gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxiralari sport maktabi tashkil qilindi. 2009-yildan buyon gimnastikaning barcha turlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoalari sportchilarini olimpiadaga tayyorlash markazi hisoblangan mazkur maktabda o‘quv-mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish hamda yirik musobaqalarni o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Jahon tajribasi hisobga olingan holda, murabbiylar malakasini oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Bu borada istiqbolli ilmiy va tibbiy yangiliklarni o‘rganish, sportchilarni tayyorlash, shuningdek, sport uskunalarini ishlab chiqarishga joriy etish – bularning barchasi sportni yanada ommalashtirish, salomatlik omiliga aylantirishga xizmat qilayotir. O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi shu maqsadda Xalqaro gimnastika federatsiyasi va Osiyo gimnastika ittifoqi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro forumlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ilg‘or tajribani ommalashtirish uchun poytaxtimiz va viloyatlarda xalqaro hamda mahalliy mutaxassislar ishtirokida murabbiylar va hakamlar uchun seminarlar muntazam tashkil etilmoqda. Bu, birinchi navbatda, mamlakatimiz hududlarida sportchilarni tayyorlash darajasini oshirishga yordam berayotir.

Nufuzli xalqaro musobaqalarda Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan gimnastikachilarimiz mahorati ortib borayotgani O‘zbekistonda ushbu sport turini rivojlantirishga tizimli ravishda yondashilayotganining samarasidir. 2008-yil Pekinda o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida sport gimnastikasi ustasi Anton Fokin va trampolinchi Yekaterina Xilko bronza medalga sazovor bo‘ldi. 2010-yil Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida ham sportchilarimiz gimnastika turlarida uchtadan kumush va bronza medalni qo‘lga kiritdi. 2012-yil Londondagi yozgi Olimpiadada Ulyana Trofimova badiiy gimnastika bellashuvlarida munosib ishtirok etdi.

2014-yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida badiiy gimnastika bo‘yicha qizlarimiz jamoaviy bahslarda qit’amizning yetakchi sportchilarini ortda qoldirib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Yakkalik bahslarida Anastasiya Serdyukova uchinchi o‘rinni egalladi. Sport gimnastikasi bo‘yicha bahslarda Anton Fokin, Oksana Chusovitina va Abdulla Azimov shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

2016-yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida sport gimnastikasi ustalari Anton Fokin va Oksana Chusovitina, trampolinchi Yekaterina Xilko, badiiy gimnastikachi Anastasiya Serdyukova hamda jamoaviy bahslarda Samira Amirova, Valeriya Davidova, Luiza G‘aniyeva, Zarina Qurbonova va Marta Rastoburovadan iborat jamoamiz munosib qatnashdi.

Mamlakatimizning yuksak sport salohiyati, mustahkam moddiy-texnik baza, yaratilgan shart-sharoitlar, to‘plangan boy tajriba tufayli yurtimizda har qanday yirik sport tadbiri yuqori saviyada o‘tkazilishi xalqaro sport jamoatchiligi tomonidan keng e’tirof etilmoqda. Shu bois yurtimizda gimnastika bo‘yicha nufuzli sport musobaqalari va anjumanlari muntazam tashkil etilmoqda.

Poytaxtimiz bir necha bor badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichlariga mezbonlik qildi, 2010-yilda o‘smirlar o‘rtasidagi I Olimpiadaga yo‘llanma beruvchi Osiyo chempionati o‘tkazildi. Jajji qizaloqlarni gimnastikaning nafis turiga keng jalb etish maqsadida an’anaviy "Happy Caravan" xalqaro turniri muntazam tashkil etilmoqda. 2014-yil o‘smirlar va qizlar o‘rtasida sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqa qit’a gimnastikachilari uchun II Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma berishi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Mazkur musobaqalarda kashf etilgan yosh sportchilarimiz bugun qator davlatlarda o‘tkazilayotgan nufuzli sport anjumanlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Toshkentda Xalqaro gimnastika federatsiyasining 80-kongressi va Osiyo gimnastika ittifoqining Bosh assambleyasi ham tashkil etildi. Bu O‘zbekistonning xalqaro maydonda katta obro‘-e’tiborga ega ekanidan, mamlakatimizda sportning eng ommaviy turlaridan biriga aylangan gimnastikani rivojlantirishda ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilayotganidan dalolatdir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 7-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-noyabrdagi «Gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosi yuzasidan federatsiyamiz qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda izchil ishlar olib bormoqda.

Avval faqatgina badiiy gimnastikaga ixtisoslashtirilgan maktab endilikda sport gimnastikasi va trampolinni o‘z ichiga qamrab olgan holda Gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabiga aylantirildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad gimnastikaning barcha turlarini yoshlar o‘rtasida ommalashtirish bilan birga xalqaro maydonlarda o‘z iqtidori va salohiyati bilan yuqori natijalarga erisha oladigan sportchilarni tarbiyalashdan iboratdir. Ayni paytda maktabda sport gimnastikasi va trampolin bo‘yicha bo‘limlar tashkil etilib, shu yilning 10-yanvar kuni mazkur bo‘limlarga kirish imtihonlari o‘tkazildi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan 11 o‘g‘il-qiz besh yil davomida o‘z tajriba va mahoratini mazkur maktabda oshiradi.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘quvchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini ilg‘or ilmiy-metodik tavsiyalar asosida, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va trampolin bo‘yicha yutuqlarni hisobga olgan holda samarali tashkil etish borasida murabbiy va o‘qituvchilar uchun yangi o‘quv rejasi va metodik tavsiyalar tayyorlanmoqda. Ayni paytda o‘quvchilar uchun inventarlar, oziq-ovqatlar, sport inventarlari, jihozlari, ekipirovkalari va maxsus formalarining zamonaviy talab va standartlarga muvofiq yangi me’yorlari ishlab chiqildi va tegishli vazirliklarga kelishish uchun jo‘natildi.

Mamlakatimizning gimnastika bo‘yicha sportchilarini tizimlashtirish va hisobga olish uchun yagona axborot-tahlil bazasi yaratildi va federatsiyaning barcha hududiy bo‘limlariga sportchi haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish uchun jo‘natildi.

Malakali kadrlar – murabbiylar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasb mahorati va tajribasini, sportchilarni tayyorlash, musobaqalarda hakamlik qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida federatsiya huzurida Sportning gimnastika turlari bo‘yicha respublika murabbiylar va hakamlar maktabi tashkil etildi.

O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi Toshkent shahrida jahonning yetakchi mutaxassislari ishtirokida seminarlar, konferensiyalar va master-klasslar tashkil etish uchun Xalqaro gimnastika federatsiyasi va Osiyo gimnastika ittifoqi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Shu yilning 5-11-fevral kunlari Toshkent shahrida Xalqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro hakamlik kurslari va hakamlar uchun imtihonlar o‘tkaziladi. Mazkur tadbir Xalqaro gimnastika federatsiyasi qoidalari asosida badiiy gimnastika bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli tadbirda o‘ndan ziyod davlatdan saksonga yaqin hakam ishtirok etishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Sportning gimnastika turlari bo‘yicha respublika murabbiylar va hakamlar maktabi tomonidan yil davomida hududlarda yosh murabbiylar uchun maxsus kurslar, hakam va murabbiylarning malakasini oshirish uchun seminarlar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Gimnastikaning Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilmagan akrobatika, aerobika, gimnastika barcha uchun singari turlarini ham yoshlar o‘rtasida keng ommalashtirish, ushbu sport turlari bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida ham izchil ishlar olib borilmoqda.

Ayni paytda sportchilarimizni nufuzli musobaqalar – jahon va qit’a chempionatlari, 2018-yil Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlari, Argentinada o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari va 2020-yil Yaponiyada bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga tayyorlash ishlari boshlandi. Yuqoridagi qarorlar ijrosi mamlakatimizda gimnastikaning barcha turlarini jadal rivojlantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom voyaga yetishini ta’minlash bilan birga nufuzli sport anjumanlarida Vatanimiz dovrug‘ini yuksaltirishga qodir sportchilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gimnastika turlari istiqboli