O‘zA O`zbek

17.05.2020 Chop etish versiyasi

Germaniyaga futbol qaytdi...

Germaniyaga futbol qaytdi...

Ikki oylik tanaffusdan soʻng nihoyat Germaniyada futbol musobaqalari boshlandi. Aniqrogʻi Bundesliga musobaqasining 26-turi yakunlandi. Asosiy uchrashuv “Borussiya” va “Shalke 04” jamoalari oʻrtasida oʻtdi.

Unda “Borussiya” klubi raqiblarini 4:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu oʻyindan soʻng dortmundliklar oʻz hisobidagi ochkolari sonini 54 taga yetkazib oldi va 2-oʻrinni mustahkamladi. Gelzenkirxenliklar esa magʻlubiyatdan soʻng 8-oʻringa tushib ketdi.

Shuningdek, “RB Leypsig” va “Frayburg” uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan boʻlsa, “Fortuna” – “Paderborn” oʻyinida hisob ochilmadi. “Xoffenxaym” oʻz maydonida “Gerta”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. “Augsburg” hamda “Volfsburg” bahsi 1:2 hisobida yakunlandi.

7 440
J.TOSHXOʻJAYEV, OʻzA