O‘zA O`zbek

25.10.2019 Chop etish versiyasi

Gandbolchilar “Universiada-2019”ning saralash bosqichida kuch sinashishdi

Gandbolchilar “Universiada-2019”ning saralash bosqichida kuch sinashishdi

Mamlakatimizning oliygohlari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Universiada-2019” sport o‘yinlarining hududiy saralash bosqichlaridan biri Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida uyushtirildi.

U yerda Qoraqalpog‘iston respublikasi, Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlarining gandbolchilari kuch sinashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘g‘illar o‘rtasida mezbonlar, ya’ni xorazmlik sportchilar birinchi o‘rinni egallashdi. Qizlar jamoalari orasida qoraqalpog‘istonlik talabalar zafar quchishdi.

Ushbu jamoalar “Universiada-2019” sport musobaqasining final bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

1 190
Oybek Yunusov, O‘zA