Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.08.2017 18:55 Chop etish versiyasi

Nukusda gandbol bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati final bosqichi yakunlandi

Nukusda gandbol bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati final bosqichi yakunlandi 2003-2004-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardan kelgan jamoalar ishtirok etdi.

– O‘zbekiston gandbol federatsiyasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqa mamlakatimiz terma jamoasini shakllantirish, uning tarkibiga yosh, iste’dodli sportchilarni jalb etishga xizmat qildi, – deydi O‘zbekiston gandbol federatsiyasi bosh kotibi Ismoil Matxoliqov. – Keskin kurashlarga boy bo‘lgan musobaqada eng kuchlilar saralandi.

Qoraqalpog‘istonlik yosh gandbolchilar birinchi o‘rinni egallab, kelgusi yili Rossiyada o‘tkaziladigan xalqaro turnirda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘ringa Andijon viloyati, uchinchi o‘ringa Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari jamoalari sazovor bo‘ldi.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
3 082






Все о погоде - Pogoda.uz