G‘oliblar aniqlandi
2004-2005-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.
2004-2005-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi.O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan chempionatda 300 dan ziyod sportchi yugurish, sakrash, yadro uloqtirish va uchkurash bo‘yicha kuch sinashdi.
Musobaqaning turli masofalarga yugurish bahslarida Zaynab Ahatqulova, Lobar Abduqayumova, Marjona Jo‘rayeva, Farida To‘lqinboyeva, Temur Isroilov, Ruslan Piskunov, Behruz Xo‘janazarov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Uzunlikka va balandlikka sakrashda Madina Minnulinova, Kseniya Borsheva, Nodir Norboyev va Temur Seitg‘oriyev g‘alaba qozondi. 60 metrga to‘siqlar osha yugurishda T.Seitg‘oriyev va M.Minnulinova barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
Yadro uloqtirishda Fayoz Ayubxonov, Madina Hamzayeva, uchkurash bahslarida Mardonbek Sotvoldiyev va Sevinch Sayitqulova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.