G‘oliblar aniqlandi
Futbol bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kamolot” kubogi” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi yakunlandi.
Futbol bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Kamolot” kubogi” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi yakunlandi.Turnirda poytaxtdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi maskanlarining eng kuchli o‘n bir jamoasi maydonga tushdi.
Final uchrashuvi “Paxtakor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Olmazor politexnika kasb-hunar kolleji jamoasi Uchtepa tumanidagi Toshkent soliq kolleji yoshlarini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, birinchi o‘rinni egalladi. Yashnobod politexnika kasb-hunar kolleji jamoasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.