G‘oliblar aniqlandi
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha “Toshkent yozi” reyting turniri yakunlandi. Unda 100 ga yaqin shaxmatchi ikki guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha “Toshkent yozi” reyting turniri yakunlandi. Unda 100 ga yaqin shaxmatchi ikki guruhga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun bahs olib bordi.Musobaqaning “A” guruhida 9 imkoniyatdan 8 ochko jamg‘argan Inomjon Shoymuratov birinchi o‘rinni egalladi. Muhammadali Abdurahmonov yetti ochko bilan ikkinchi o‘ringa, Shohamir Toliboyev 6,5 ochko bilan uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
“B” guruhida barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan Shodiyor Shukuraliyev shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy egalladi. Keyingi o‘rinlar 7,5 ochkoga ega bo‘lgan Muhammadiqbol Anvarjonov va 7 ochko to‘plagan Bobur Yo‘ldoshevga nasib etdi.