O‘zA O`zbek

23.10.2019 Chop etish versiyasi

FUTZAL: Osiyo chempionati saralash oʻyinini gʻalaba bilan boshladik

FUTZAL: Osiyo chempionati saralash oʻyinini gʻalaba bilan boshladik

Bir necha daqiqa oldin yakuniga yetgan uchrashuvda Bahodir Ahmedov shogirdlari Afgʻoniston termasini yirik – 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi

Bugun, Eronning Urmiya shahrida futzal boʻyicha Osiyo chempionati-2020ning saralash bahslari start oldi.

Avvaldan tashlangan qurʼaga koʻra, Oʻzbekiston futzal terma jamoasi Markaziy va Janubiy mintaqaning “A” guruhidan oʻrin olgan va terma jamoamiz Tojikiston, Nepal va Afgʻoniston terma jamoalariga qarshi maydonga tushishi aniqlangan edi.

Bir necha daqiqa oldin yakuniga yetgan oʻyinda futzalchilarimiz Afgʻoniston termasiga qarshi kurash olib bordi. Birinchi boʻlim yakuniga qadar yurtdoshlarimiz raqiblarini 3:0 hisobida magʻlub etishayotgandi. Ikkinchi boʻlimda raqiblar hisobni biroz qisqartirishga erishdi, ammo baribir hisob kutilganidek bizning foydamizga hal boʻldi.
Shu tariqa baxraynlik hakamlar boshqargan oʻyin 6:1 hisobidagi hamyurtlarimizning gʻalabasi bilan yakun topdi.

Osiyo chempionati saralashi. “A” guruhi. 1-tur.

OʻZBEKISTON – AFGʻONISTON – 6:2

Oʻzbekiston (asosiy tarkib): Rustam Umarov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhomjon Hamroyev, Xusniddin Nishonov, Sunnatullo Joʻrayev.

Zaxira: Ravshan Eliboyev, Xushnur Erkinov, Mashrab Odilov, Shahzod Saʼdiyev, Dilshod Rahmatov, Dilmurod Shavkatov, Davron Choriyev, Akbar Usmonov, Dilmurod Jumayev.

Gollar: Mashrab Odilov (5), Ixtiyor Ropiyev (7, 35), Davron Choriyev (12), Ilhomjon Hamroyev (34), Husniddin Nishonov (38) - Akbar Kozimi (21, 36).

Uchrashuvlar taqvimi:
23-oktyabr
Tojikiston – Nepal – 6:0
Oʻzbekiston – Afgʻoniston – 6:2

24-oktyabr
Afgʻoniston – Tojikiston
Nepal – Oʻzbekiston

25-oktyabr
Nepal – Afgʻoniston
Oʻzbekiston – Tojikiston

729
Oybek YUNUSOV, OʻzA