O‘zA O`zbek

25.10.2019 Chop etish versiyasi

FUTZAL: O‘zbekiston termasi Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

FUTZAL: O‘zbekiston termasi Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Eronda davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Nepal bilan to‘qnash keldi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada futzalchilarimiz qit’a chempionati final bosqichi yo‘llanmasini naqd qilishdi.

Osiyo chempionati-2020 saralashi
Markaziy va Janubiy mintaqa. “A” guruhi

NEPAL – O‘ZBEKISTON - 1:4

Gollar: Mani Kumar Lama (19) - Husniddin Nishonov (3, 8), Akbar Usmonov (13), Dilshod Rahmatov (21).
O‘zbekiston (asosiy tarkib): Rustam Umarov, Ixtiyor Ropiev, Ilhomjon Hamroev, Xusniddin Nishonov, Sunnatullo Jo‘raev.

Zaxira: Ravshan Eliboev, Xushnur Erkinov, Mashrab Odilov, Shahzod Sa’diev, Dilshod Rahmatov, Dilmurod Shavkatov, Davron Choriev, Akbar Usmonov, Dilmurod Jumaev.

Bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Tojikiston termalari o‘yini kim guruh g‘olibi bo‘lishligiga oydinlik kiritib beradi.

1 105
Oybek Yunusov, O‘zA