O‘zA O`zbek

19.01.2018 14:38 Chop etish versiyasi

Futbolchilarimiz Yaponiya terma jamoasini “yanchib” tashladi (+video)

Futbolchilarimiz Yaponiya terma jamoasini “yanchib” tashladi (+video) Xitoyda yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim finalga chiqdi.

Futbolchilarimiz ushbu bosqichda Yaponiya yoshlar termasiga qarshi maydonga tushdi. O‘yinning 31-daqiqasida Javohir Sidiqov jarima maydoni tashqarisidan zarba yo‘llab hisobni ochgan bo‘lsa, 34-daqiqada Dostonbek Hamdamov raqib darvozasini ishg‘ol etdi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Birinchi bo‘limning 39-daqiqasida Jasurbek Yaxshiboyev yaponiyalik himoyachilarni birin-ketin aldab o‘tib gol urdi. Hisob – 3:0.

Ikkinchi bo‘limning 47-daqiqasida Jasurbek Yaxshiboyev vaziyatdan unumli foydalanib, o‘zining ikkinchi, terma jamoamizning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi. O‘yinning so‘ng daqiqalariga qadar hisob o‘zgarmadi. 

Shu tariqa O‘zbekiston va Yaponiya yoshlar terma jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv 4:0 hisobida yakunlandi.



Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
16 088