Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.01.2018 13:37 Chop etish versiyasi

Futbolchilarimiz Osiyo chempionatida qachon o‘ynaydi?

Xitoyda 9-27 yanvar kunlari 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi “A” guruhida Xitoy, Qatar hamda Ummon termalariga qarshi maydonga tushadi.

Musobaqadagi dastlabki uchrashuvni futbolchilarimiz 9 yanvar kuni qatarlik tengdoshlariga qarshi o‘tkazadilar. 12 yanvar kuni esa Xitoy va O‘zbekiston uchrashuvi o‘tkaziladi.

Guruh bahslaridagi so‘nggi uchrashuvni terma jamoamiz 15 yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
9 153