Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.07.2018 16:12 Chop etish versiyasi

FUTBOL: Uch o‘yindan ikkitasida durang

FUTBOL: Uch o‘yindan ikkitasida durang Kecha, mamlakat milliy chempionatimiz – Pepsi Superligasining 16-tur o‘yinlariga start berildi.
Rossiyada o‘tayotgan Jahon chempionati munosabati bilan milliy chempionatimizda deyarli bir oy tanaffus bo‘ldi. Va, jamoalar majburiy dam olishdan qaytishdi. Kecha, Pepsi Superliganing 16-tur doirasida uchta o‘yin o‘tkazildi. Ulardan ikkitasida durang qayd etilgan bo‘lsa, bir o‘yinda mezbonlar g‘alaba qozonishdi.

“Paxtakor” o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi. Superligadagi yagona xususiy klub mablag‘ va albatta, tarkib borasida muammolarga duch kelayotgan “Buxoro” jamoasini qiyinchiliklarsiz mag‘lubiyatga uchrata oldi. Jamoaning 31 yoshli braziliyalik legioneri Tiago Bezerra hisobni ochgandi, uchrashuv yakunlanishiga besh-olti daqiqa qolganida esa Vladimir Kozak hisobni ikkitaga oshirdi va jamoadoshlarining g‘alabasini ta’minladi.
Olmaliqda maydon egalari “Neftchi”ni qabul qildi. Andijonlik hakamlar guruhi boshqargan uchrashuvda kuchlar teng keldi. Bu o‘yinda ham dastlabki golni legioner boshlab berdi. Olmaliqliklarning serbiyalik, 26 yoshli vakili Yovan Jokich 20-daqiqada penaltidan hisobni ochgandi. Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarigacha esa mehmonlar hisobda oldinda borishdi, faqat o‘yin tugashiga atigi uch daqiqa qolganida Zafar Polvonovning goli evaziga mezbonlar mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.
Uchinchi o‘yin barchasidan qiziqarli kechdi. Iqtisodiy qiyinchiliklar bois tarkibidagi legioner futbolchilarisiz qolgan “Nasaf” medallardan biri uchun kurashayotgan “Navbahor”ga qarshi jiddiy kurashdi. Yakunda kuchlar teng ekanligi qayd etilgan hisobda o‘z aksini ko‘rsatdi.

16-tur. 8-iyul.
“PAXTAKOR” – “BUXORO” - 2:0
Gollar: Tiago Bezerra, 33 (1:0). Vladimir Kozak, 83 (2:0).

AGMK – “NЕFTCHI” 2:2
Gollar: Yovan Jokich (20-pen.), Zafar Polvonov (87) - Sherzod Hakimov (51), Murod Bobojonov (54).

“NASAF” – “NAVBAHOR” 1:1
Gollar: Sharof Muhitdinov (20) - Sardor Sulaymonov (69).

Bugun Superliga 16-turing qolgan uchta o‘yini o‘tkaziladi. Bsular:
“So‘g‘diyona” – “Metallurg”
“Bunyodkor” – “Qizilqum”
“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv”.

O.Yunusov, O'zA
2 205