O‘zA O`zbek

24.06.2020 Chop etish versiyasi

Futbol: Oʻzbekiston terma jamoasi sentyabr oyida Tojikiston bilan oʻynaydi

Futbol: Oʻzbekiston terma jamoasi sentyabr oyida Tojikiston bilan oʻynaydi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2022-yili Qatarda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati va 2023-yili Xitoyda boʻladigan Osiyo kubogi uchun saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida oʻtkazadi.

Ushbu bahslarga munosib tarzda tayyorgarlik koʻrish maqsadida milliy terma jamoamiz sentyabr oyida Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini tashkil etadi. Mazkur yigʻin doirasida jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov shogirdlari Tojikiston termasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi.

Tojikiston futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda, ushbu uchrashuv 4-sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtishi belgilandi.

8 701
OʻzA