O‘zA O`zbek

06.08.2018 10:25 Chop etish versiyasi

FUTBOL: O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper Toshkentga yetib keldi

FUTBOL: O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper Toshkentga yetib keldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasini argentinalik 62 yoshli mutaxassis Ektor Raul Kuper boshqarishini, yaqin vaqt ichida u bilan rasman shartnomalar imzolanishini xabar qilgan edik. 

photo5422699337563089149.jpg

Terma jamoamizning yangi bosh murabbiyi bir necha daqiqalar oldin o‘zi bilan birga termamizda ishlashi ko‘zda tutilayotgan ikki nafar yordamchisi bilan Toshkentga uchib keldi. Ular Islom Karimov nomidagi “Toshkent Xalqaro Aeroporti”da O‘FA va O‘zPFL rahbariyati va xodimlari, futbolimizning ashaddiy muxlislari, keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olindi. Mehmonlar poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasiga joylashtirildi.

photo5422699337563089150.jpg

Eslatib o‘tamiz, Kuper va futbolimiz mutasaddilari o‘rtasida rasmiy muzokaralar o‘tkaziladi, shartnomalar imzolanadi. Shuningdek, bugun soat 15:00da Milliy Olimpiya qo‘mitasi anjumanlari zalida Ektor Kuperni muxlislarga tanishtirish marosimi hamda u bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.

photo5422699337563089151.jpg

Anjuman davomida argentinalik mutaxassis o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashib, jurnalistlar savollariga javob berib o‘tadi.
Matbuot anjumanida barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishlari mumkin.

O. Yunusov, O‘zA
2 943