O‘zA O`zbek

22.03.2020 Chop etish versiyasi

Futbol muxlislarini bugun qanday oʻyinlar kutmoqda?

Futbol muxlislarini bugun qanday oʻyinlar kutmoqda?

Ayni vaqtda dunyoda koronavirus pandemiyasi bois koʻplab chempionatlar toʻxtatib qoʻyilgan. Shunday boʻlsa-da, bir qator mamlakatlarda hamon futbol musobaqalari boʻlib oʻtmoqda.

Bugun Belarus chempionati 1-turidan oʻrin olgan soʻnggi ikki oʻyin boʻladi. Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da “Slusk“ — “Slaviya-Mozir“ bahsi boshlansa, 18:00 da muxlislarni “Belshina“ — “Minsk“ qarama-qarshiligi kutib turibdi.

Shuningdek, Angola chempionatida 4 ta bellashuv boʻlib oʻtadi hamda Gonkongda mamlakat kubogi yarim finalidan oʻrin olgan “Tay Po“ — “Guanchjou Fuli“ bahsi boshlanadi.

Bundan tashqari, Gonduras, Malavi, Butan, Burundi va Nikaragua chempionatlari ham ayni kunlarda davom etmoqda.

5 444
Javohir TOSHXOʻJAYEV, OʻzA