O‘zA O`zbek

18.08.2018 15:42 Chop etish versiyasi

FUTBOL: Milliy terma jamoamizga FIFA avtobus sovg‘a qildi

FUTBOL: Milliy terma jamoamizga FIFA avtobus sovg‘a qildi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, milliy terma jamoamizga FIFA tomonidan yangi avtobus sovg‘a qilindi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan bir necha bor uchrashuv o‘tkazib, uchrashuv chog‘ida o‘zbek futbolida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot bergan hamda yangi dastur va loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Jumladan, kelishuvga ko‘ra, Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun FIFA tomonidan yangi avtobus sovg‘a qilinishi haqida aytib o‘tgandi.

Janni Infantino va’da qilgan yangi avtobus yurtimizga yetib keldi.

2df3cfaf-5ae7-4892-9194-98259a387b72.jpg

Mercedes Travego M rusumidagi ushbu avtobus 46 o‘rindiqli bo‘lib, 483 ot kuchiga ega. Barcha qulayliklarga ega, zamonaviy vositalar bilan jihozlangan.

Shu paytga qadar O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘in davomida hamda uchrashuvlarga borish uchun turli klublardan olingan avtobuslardan foydalanib kelgan. Endilikda terma jamoamizning o‘z avtobusi bor. Ushbu avtobus milliy ramzlarimiz va O‘FA logolari bilan bezatiladi hamda yig‘in va uchrashuvlar davomida milliy terma jamoamiz futbolchilari uchun xizmatga shay bo‘ladi.

Oybek Yunusov, O‘zA
2 769