O‘zA O`zbek

18.08.2018 15:12 Chop etish versiyasi

FUTBOL: maydonda “Charm to‘p” ustalari

FUTBOL: maydonda “Charm to‘p” ustalari
Toshkent shahrida uyushmagan yoshlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Charm to‘p” futbol musobaqasining mamlakat bosqichi boshlandi.

“Charm to‘p” musobaqasi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi, milliy olimpiya qo‘mitasi, futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi.

Olimpiya tizimida o‘tkaziladigan mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahri va viloyati, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Xorazm, Samarqand, Qashqadaryo, Surxandaryo va Sirdaryo viloyati jamoalari o‘zaro raqobatlashmoqda.

Musobaqa mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida futbolni yanada ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotir.

– Mahallamizda yoshlarga sport bilan shug‘ullanish uchun barcha zarur sharoit yaratib berilgan, – deydi Navoiy viloyatining “Ibn Sino” jamoasi darvozaboni Javohir Mavlonov. – Mazkur turnirning final bosqichida ishtirok etishimiz jamoamizning tinimsiz mashqlari mevasidir. Nasib qilsa, mazkur musobaqa kubogini boshimiz uzra baralla ko‘taramiz. Biroq bunga qadar bizni jiddiy o‘yinlar kutib turibdi.

“Charm to‘p” musobaqasining final uchrashuvlari 20 avgust kuni “Milliy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
3 753