Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.08.2018 11:48 Chop etish versiyasi

FUTBOL: Ikki tarkibli olimpiyachilarimizning biri Toshkentda, ikkinchisi esa Vyetnamda

FUTBOL: Ikki tarkibli olimpiyachilarimizning biri Toshkentda, ikkinchisi esa Vyetnamda
Indoneziya poytaxti Jakartada o‘tadigan XVIII Osiyo O‘yinlarining boshlanishiga ham ikki haftadan kam vaqt qoldi.

18-avgustdan 2-sentyabrga qadar tashkillashtiriladigan yirik musobaqaning futbol bahslarida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi. Olimpiyachilarimiz Osiyo O‘yinlariga so‘nggi tayyorgarlikni o‘tkazish uchun Toshkentda yig‘inga kirishdi. 9-avgust kuniga qadar davom etadigan yig‘in doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlari uyushtirish ham ko‘zda tutilgan. Yig‘in nihoyasida esa murabbiylar shtabi Osiyo o‘yinlariga boradigan yakuniy tarkibni aniqlab oladi.

Yig‘inda ishtirok etayotgan nomzod futbolchilar:

Darvozabonlar - Botirali Ergashev (“Navbahor”), Umidjon Ergashev (“Nasaf”), Rahim Davronov (“Mash’al”).

Himoyachilar - Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Islom Qobilov ( uchalasi ham “Bunyodkor”dan), Abbos Otaxonov (“Metallurg”), Dostonbek Tursunov (“Neftchi”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar - Odil Hamrobekov, Doniyor Narzullayev, Sharof Muhiddinov (uchalasi ham “Nasaf”dan), Javohir Siddiqov (“Qo‘qon-1912”), Jasur Yaxshiboyev, Jaloliddin Masharipov (ikkalasi ham “Paxtakor”dan), Aziz Turg‘unboyev (“Navbahor”), Xurshid G‘iyosov (“Bunyodkor”), Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya), Husniddin G‘ofurov (“Neftchi”).

Hujumchilar - Andrey Sidorov (“Neftchi”), Zabihullo O‘rinboyev (“Metallurg”), Bobir Abduxoliqov (“Nasaf”).
Ushbu yig‘inga “Nasaf” vakili Aziz G‘aniyev ham jalb qilingandi. Ammo terma jamoamiz yarim himoyachisi jarohati sababli Osiyo o‘yinlarini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. 

Olimpiyachilarimizning R.Haydarov ustozligidagi bir qismi Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan bo‘lsa, yana bir qismi Sunnatillo Abdurasulov rahbarligida xalqaro yig‘in doirasida Vyetnamda tashkil etilgan xalqaro turnirda qatnashmoqda.

1997-yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan mazkur tarkib “Vinaphone-2018” xalqaro musobaqasining ilk turida Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, durang qayd etishdi – 0:0. Biroq futbolchilarimiz ikkinchi o‘yinda Falastin olimpiya terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yishdi.

Vyetnamdagi xalqaro musobaqa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilarni sinovdan o‘tkazish, ularga xalqaro o‘yinlar tajribasini taqdim qilish va saralab olish vazifasini bajarib beradi. 

Vakillarimiz musobaqadagi so‘nggi o‘yinni 7-avgust kuni turnir mezboni Vyetnamga qarshi o‘tkazishadi.
Vyetnam turniriga jalb etilgan futbolchilar tarkibi quyidagicha:

Darvozabonlar - Dilshod Hamrayev (“Navbahor”), Sarvar Karimov (“Qo‘qon-1912”).

Himoyachilar - Ilhom Alijonov, Sherzod Nasrullayev (ikkalasi ham “Nasaf”dan), Ibrohim Abdullayev (“Surxon”), Ergash Ismoilov (“Buxoro”), Doniyor Hoshimov (“Metallurg”), Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”).

Yarim himoyachilar - Abrorbek Ismoilov (“Neftchi”), Sanjar Qodirqulov, Farruh Ikromov, Abdulla Abdullayev (uchalasi ham “Bunyodkor”dan), Sardor Azimov, Nurillo To‘xtasinov (ikkalasi ham “So‘g‘diyona”dan), Suhrob Nurulloyev, Ibrohim Yo‘ldoshev (ikkalasi ham “Metallurg”dan), Jahongir Ahmadov (“Paxtakor”), Azizbek Amonov (“Lokomotiv”).

Hujumchilar - Jasur Xolto‘rayev (“Sho‘rtan”), Akobir To‘rayev (“Buxoro”).

O. Yunusov, O'zA
3 015