O‘zA O`zbek

17.08.2018 15:02 Chop etish versiyasi

FUTBOL: ikki oyda Toshkentda to‘rtta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

FUTBOL: ikki oyda Toshkentda to‘rtta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi
Avgust oyi Milliy terma jamoamiz uchun ancha samarali keldi. Birinchidan, bosh jamoamizga ko‘poylik tanaffusdan keyin nihoyat xorijdan bosh murabiy tayinlandi, ikkinchidan, muhlislar milliy terma jamoamiz ishtirokida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari guvohi bo‘lishdek xabarlardan voqif bo‘lishdi.

Bir necha kun oldin milliy termamizning sentyabr va oktyabr oylarida Suriya, Shimoliy Koreya hamda Qatar termalaribilan o‘yin o‘tkazishi e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, futbolchilarimiz Suriya bilan 6 sentyabrda, KXDR bilan 13 oktyabr hamda Qatar bilan 16 oktyabr kunlari o‘zaro kuch sinashishi belgilangandi. Kecha esa olib borilgan muzokaralardan so‘ngqit’aning yetakchilaridan hisoblangan Eron termamisi bilan ham kelishuvga erishildi. Ektor Kuper shogirdlarining “Osiyo yo‘lbarslari” bilano‘rtoqlik uchrashuvi 11-sentyabrga rejalashtirildi.

Eng muhimi, bu o‘yinlarning bari Toshkentda tashkillashtiriladi.Qolaversa, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa uchun yana o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilish borasida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. O‘FA Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan noyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish uchun yana bir qator terma jamoalar bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Oybek Yunusov, O‘zA
2 755